Jamiyat

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi
Bugun, 00:00

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi

O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.

3-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
Kecha, 23:10

3-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Matbuot erkinligi reytingida 11 o‘rin pastlagan O‘zbekiston, Qirg‘izistonning Toshkentdagi yangi elchixonasi, to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlarga imtiyozlar, gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish zarurati va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Zo‘ravonlik qurbonlariga mahalla, tuman va viloyat miqyosida yordam ko‘rsatiladi
Kecha, 22:14

Zo‘ravonlik qurbonlariga mahalla, tuman va viloyat miqyosida yordam ko‘rsatiladi

Mahallalarda zo‘ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy yordam berilmayapti, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Buni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. “Inson” markazlari tomonidan tuman miqyosida yordam ko‘rsatiladi. Zo‘ravonlikka qarshi kurash ta’lim va mehnat munosabatlari sohalarida ham ko‘rib chiqiladi.

Nega O‘zbekistonda “kvartplata”larning minimal miqdori joriy etilmoqda?
Kecha, 20:21

Nega O‘zbekistonda “kvartplata"larning minimal miqdori joriy etilmoqda?

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nega ijara haqining eng kam miqdori joriy etilganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar boshqaruv organi minimal tarifdan past miqdorni belgilasa, uyni tegishli holatda saqlab turolmaydi.

Toshkentda ko‘chadagi qizga bezorilik qilib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi
Kecha, 19:44

Toshkentda ko‘chadagi qizga bezorilik qilib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi

Toshkentda “tanishib, keyin turmush qurish” maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga teginib, qarshilik ko‘rsatganida, yuziga urdi. Jabrlanuvchi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun unga eng qattiq jazoni berishni so‘radi. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha da’vo ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi
Kecha, 19:00

O‘zbekistonda jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha da’vo ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi

Zamonaviy Himoya kompaniyasi (Sovremennaya Zashchita MCHJ) advokatlar bilan hamkorlikda jismoniy shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi ishini qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.

Toshkentda ustiga daraxt qulagan 1 yoshli qiz halok bo‘ldi
Kecha, 17:23

Toshkentda ustiga daraxt qulagan 1 yoshli qiz halok bo‘ldi

Chilonzor tumanida enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan 1 yoshli qizning ustiga daraxt quladi. Oqibatda bola voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Kecha, 15:25

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi
Kecha, 14:23

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatiladi.

“Eski jo‘va” bozorida 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketganlikda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi ushlandi
Kecha, 14:03

“Eski jo‘va” bozorida 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketganlikda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi ushlandi

Toshkent shahri “Eski jo‘va” bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 49 million so‘mlik tilla buyumlar o‘g‘irlab ketishda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi qo‘lga olindi.

“Kvartplata”dan qarzdorlarni elektrdan uzish reja qilinmoqda. U qachon va nima uchun amalga oshiriladi?
Kecha, 13:41

“Kvartplata”dan qarzdorlarni elektrdan uzish reja qilinmoqda. U qachon va nima uchun amalga oshiriladi?

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata”dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.

“Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga qamaldi
Kecha, 12:18

“Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga qamaldi

Toshkentda “Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan, dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hibsga olingan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi
Kecha, 12:17

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi

Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.

148-o‘rin: O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘ona pastladi
Kecha, 10:30

148-o‘rin: O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘ona pastladi

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 2023-yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “murakkab”dan “juda jiddiy” bosqichga o‘tdi.

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi
Kecha, 10:30

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi

1-maydan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilindi.

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi
Kecha, 10:04

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.

Toshkent viloyatida erkak 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
Kecha, 09:33

Toshkent viloyatida erkak 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

“Chirchiq shag‘al saralash” korxonasi direktori Yuqori Chirchiq tumanidagi g‘alla va chorvachilik uchun ajratilgan 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U 40 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganida qo‘lga tushdi.

2-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
2 may 2024, 22:28

2-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Moliya institutlarini Qambarota GES-1 loyihasida ishtirok etishga chaqirgan bosh vazir, investorlarni O‘zbekistonga chorlagan prezident, quruvchi tashkilotlarning uy shartnomalaridagi narxlari, YTTB ko‘magida xususiylashtiriladigan “Asakabank” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Toshkent Qur’oni” restavratsiya qilinadi
2 may 2024, 15:55

“Toshkent Qur’oni” restavratsiya qilinadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
2 may 2024, 14:36

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

Endi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting