«zilzila» tegli maqolalar


Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi
13 may 2024, 12:00

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi

13-may soat 11:44 da Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida ham sezildi.

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
6 may 2024, 11:03

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning 2−3 balli ta’siri qo‘shni tumanlar, shuningdek, Qashqadaryoda sezildi.

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
5 may 2024, 13:30

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan hududlarida ham sezildi.

Amerikalik taniqli shifokor Jo‘ldas Quljanov — Toshkentni zilziladan keyin tiklashdagi ishtiroki haqida
26 aprel 2024, 17:40

Amerikalik taniqli shifokor Jo‘ldas Quljanov — Toshkentni zilziladan keyin tiklashdagi ishtiroki haqida

Taniqli ortoped-jarroh, Sent-Luis (AQSh) universiteti klinikasi professori Jo‘ldas Quljanov qanday qilib 18 yoshida 1966-yilgi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Toshkentga kelgani va bir yarim yil qurilishda ishlagani haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.

“Bu hecham qahramonlik emas”. Toshkent xalq kutubxonasi xodimlari 1966-yilgi zilziladan so‘ng kitoblarni qanday qutqargani haqida
26 aprel 2024, 16:55

“Bu hecham qahramonlik emas”. Toshkent xalq kutubxonasi xodimlari 1966-yilgi zilziladan so‘ng kitoblarni qanday qutqargani haqida

1966-yilgi zilzila Toshkentdagi o‘nlab jamoat binolarini vayron qilgan. Ular orasida Toshkent xalq kutubxonasi ham bor edi. “Gazeta.uz” ushbu muassasa xodimlari qanday qilib vayronalar ostidan nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, notalar va bosma nashrlarni olib chiqqani haqida hikoya qiladi.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
19 aprel 2024, 05:48

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18 aprel 2024, 20:45

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik va zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish ishlari kuchaytiriladi
18 aprel 2024, 09:19

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik va zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish ishlari kuchaytiriladi

Prezident bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, seysmik xavf monitoringi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qurilishda davlat nazorati sifatini kuchaytirish, aholini zilzilaga tayyorlash va yangi ko‘p qavatli binolarni aktiv seysmik himolash rejalashtirilgan.

Qozog‘istondagi zilzila kuchi Toshkent shahri va viloyatida sezildi
5 aprel 2024, 04:57

Qozog‘istondagi zilzila kuchi Toshkent shahri va viloyatida sezildi

Juma tongida Qozog‘istonda, Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda 3,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyati aholisiga 2 balli darajada sezildi.

Tayvan zilzilalarga qanday qilib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan?
4 aprel 2024, 19:39

Tayvan zilzilalarga qanday qilib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan?

3-aprel kuni Tayvanda so‘nggi 25 yilda eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Orolning zilzilalarga moyilligi bor, ammo ularning 23 mln nafar aholiga ta’sirini zilzilalarga ko‘rilgan tayyorgarlik sabab kamaytirish imkoni topilgan. Tayvan buni qanday uddaladi — Reuters, AP va National Post hikoyalari.

Tayvanda 7,4 va 6,5 magnitudali ikki zilzila bo‘ldi
3 aprel 2024, 10:53

Tayvanda 7,4 va 6,5 magnitudali ikki zilzila bo‘ldi

Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Birozdan so‘ng 6,5 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Zilzila Tayvandagi so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchlisi ekani ma’lum qilindi. Video.

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
22 mart 2024, 09:09

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).

Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
14 mart 2024, 10:12

Farg‘ona viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi
7 mart 2024, 09:08

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi

Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Ularning sezilish kuchi 2−3 balni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
5 mart 2024, 12:10

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida epitsentri Bo‘stonliq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi
4 mart 2024, 15:32

Olmaota yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi vahima sabab ko‘chaga chiqdi

Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.

Qashqadaryoda kuchsiz zilzila qayd etildi
4 mart 2024, 11:45

Qashqadaryoda kuchsiz zilzila qayd etildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
1 mart 2024, 08:49

Farg‘ona viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari
24 yanvar 2024, 01:31

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari

Kecha tunda Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Olmaotada 5 ballni tashkil qildi. Shahar aholisi vahima ichida ko‘chalarga yugurib chiqdi, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Olmaotaliklar tunda qanday omon qolgani — “Gazeta.uz” materialida. Biz voqea guvohi bilan suhbatlashdik.

Epitsentri Xitoyda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
22 yanvar 2024, 23:44

Epitsentri Xitoyda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Zilzila epitsentrda 7 ballni tashkil qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting