Jahon

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi
8 noyabr 2021, 23:41

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevga Qarag‘anda viloyatidagi konda yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 noyabr 2021, 23:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya diplomatining Berlindagi elchixona derazalari ostidan o‘lik holda topilgani, Bayden ma’muriyatining Saudiya Arabistoniga 650 million dollarlik qurol sotishni ma’qullagani, Ozarbayjonning Qorabog‘dagi urushda halok bo‘lganlarning 1,7 mingga yaqin jasadini Armanistonga yuborgani, Xitoyning Suriyaga mamlakatni tiklashda yordam berishda davom etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 noyabr 2021, 22:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyalik erkakning Metallica guruhidan 1 mlrd dollar talab qilayotgani, Portugaliyada parlamentning tarqatilayotgani, Gruziyaning amaldagi prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytgani, Eron 29 noyabrda Venada yadroviy bitimga qaytishi, Yaponiya bosh vaziri bir vaqtning o‘zida ikki lavozimda faoliyat yuritmoqchiligi, Turkiyada Erdo‘g‘onni Twitter’da haqorat qilgan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Qashshoqlik va chorasizlik afg‘onlarni voyaga yetmagan qizlarini sotishga majbur qilmoqda» — OAV
4 noyabr 2021, 15:47

«Qashshoqlik va chorasizlik afg‘onlarni voyaga yetmagan qizlarini sotishga majbur qilmoqda» — OAV

Afg‘onistonda qashshoqlik va ocharchilikdan aziyat chekayotgan aholi orasida jon saqlab qolish ilinjida voyaga yetmagan qizlarini turmushga sotish holatlari soni ortib bormoqda. «Tolibon» rasmiysi erta nikoh holatlarini iqtisodiy muammolar bilan izohlab, bunga amirlik yoki shariat qoidalarining aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi
4 noyabr 2021, 10:14

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi

AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining COVID-19 ga chalinish xavfi ko‘rsatkichlari ro‘yxatida O‘zbekiston “hozirgi vaziyat noma’lum bo‘lgan mamlakatlar” guruhida qolmoqda.

Afg‘onistonda to‘lovlarda xorijiy valyutadan foydalanish taqiqlandi
3 noyabr 2021, 15:21

Afg‘onistonda to‘lovlarda xorijiy valyutadan foydalanish taqiqlandi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati mamlakatda hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutadan foydalanishga taqiq joriy qildi.

So‘nggi 14 yil ichida dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan
3 noyabr 2021, 10:03

So‘nggi 14 yil ichida dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan

2006 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq jurnalist o‘ldirilgan. Bu qotilliklarning har 10 tasidan deyarli 9 tasi sudda ochilmagan. Tashkilot so‘rovida ishtirok etgan jurnalist ayollarning 73 foizi o‘z ishi bilan bog‘liq holda internet orqali tahdid, qo‘rqitish va ta’qibga uchrab kelayotganini aytgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 noyabr 2021, 21:51

Jahon yangiliklari dayjesti

Kobulda shifoxonadagi portlashlarda 23 kishining halok bo‘lgani, 100 dan ortiq dunyo yetakchilarining 2030 yilgacha o‘rmonlarni kesishni to‘xtatishga va’da bergani, Janubiy Sudanda AN-26 samolyoti qulashi natijasida 5 ekipaj a’zosi, jumladan ikki rossiyalikning halok bo‘lgani, Zelenskiyning va Qrim va Donbass shaharlarini «Yevropa markazidagi ekobombalar» deb atagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Amerika Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika — butun dunyo uchun katta muammo» — Dmitriy Shugayev
2 noyabr 2021, 15:20

«Amerika Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika — butun dunyo uchun katta muammo» — Dmitriy Shugayev

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori AQSh Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika butun dunyo uchun katta muammo tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Dmitriy Shugayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurol-yarog‘lar ekstremistlarning qo‘liga tushib qolishi yoki qora bozorga ham chiqib ketishi mumkin.

Facebook Qozog‘iston hukumatiga kontentni belgilashga ruxsat berganini rad etdi
2 noyabr 2021, 15:07

Facebook Qozog‘iston hukumatiga kontentni belgilashga ruxsat berganini rad etdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent hisoboti tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etgani haqidagi xabarni rad etdi. Kompaniya vakili ta’kidlashicha, «Meta Platforms Qozog‘iston qo‘shma deb atagan bayonotni e’lon qilmagan». Qozog‘iston axborot vaziri esa bayonot kompaniyaning mintaqaviy ofisi rahbariyati bilan kelishinganligini ta’kidladi.

Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar va zirhli transportlar yetkazib berdi
2 noyabr 2021, 11:42

Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar va zirhli transportlar yetkazib berdi

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayevning ta’kidlashicha, 2021 yilda Rossiya O‘zbekistonga Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, Buk-M2E zenit-raketa komplekslari, BTR-80 va BTR-82A zirhli transportyorlarini yetkazib bergan.

Facebook Qozog‘iston hukumatiga zararli kontentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilashga ruxsat beradi
1 noyabr 2021, 22:44

Facebook Qozog‘iston hukumatiga zararli kontentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilashga ruxsat beradi

Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent haqida hisobot tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi. Bunga Qozog‘iston hukumatining millionlab mahalliy foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqni bloklab qo‘yish bilan tahdid qilganligi sabab bo‘lgan. Tanqidchilar mamlakat hukumatini senzuraning yangi vositalariga ega bo‘lishga intilayotganlikda ayblamoqdalar.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 noyabr 2021, 22:37

Jahon yangiliklari dayjesti

COVID-19 qurbonlari sonining 5 milliondan oshgani, Tokioda erkak kishining o‘lim jazosiga hukm qilinish uchun metroda yo‘lovchilarga hujum qilgani, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov samolyotining Buyuk Britaniyaga kiritilmagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zini tanladi
1 noyabr 2021, 17:37

Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zini tanladi

Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zi deb «vaksina» yoki «vaksinatsiya» ma’nosini beruvchi vax so‘zni tanladi. «Bu yilgi muhitni yaxshiroq aks ettiruvchi so‘z yo‘q», — deya ta’kidladi lug‘at tuzuvchilari.

Moskva ma’muriyati qurilish maydonlarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini ishlab chiqadi
1 noyabr 2021, 15:41

Moskva ma’muriyati qurilish maydonlarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini ishlab chiqadi

Moskva meriyasi qurilish maydonchalarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini tayyorlaydi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari tanqisligi 40%ga yaqinlashgan. Rossiya poytaxti rasmiylari qurilishga kamroq, lekin uch-to‘rt marta ko‘proq ish haqi bilan yaxshiroq malakaga ega mutaxassislarni jalb qilmoqchi.

Gruziyadagi munitsipal saylovlarda hukmron partiyaning deyarli barcha nomzodlari g‘alaba qozondi
1 noyabr 2021, 10:13

Gruziyadagi munitsipal saylovlarda hukmron partiyaning deyarli barcha nomzodlari g‘alaba qozondi

Gruziyaning 20 ta shahridan 19 tasida munitsipal saylovlarning ikkinchi bosqichida hukmron partiya nomzodlari g‘alaba qozondi. Muxolifat natijalarni tan olmadi, «murosasiz kurash»ga va’da berdi va miting e’lon qildi.

G20 yetakchilari Yer yuzida bir trln daraxt ekishni maqsad qilishdi
1 noyabr 2021, 09:40

G20 yetakchilari Yer yuzida bir trln daraxt ekishni maqsad qilishdi

G20 sammitiga a’zo davlatlar «sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda» 2030 yilgacha bir trln daraxt ekishni maqsad qildi. Rimda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan deklaratsiyada bu haqda aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi
29 oktabr 2021, 10:46

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi

Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 oktabr 2021, 21:16

Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon bankining Sudanga yordam berishni to‘xtatgani, Telegram tez orada reklama platformasini ishga tushirishi, Polsha Yevropa Ittifoqi qonunlariga amal qilmagani uchun kuniga 1 mln yevrodan jarimaga tortilgani, Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi vazirining hozirgi va sobiq o‘rinbosarlari hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting