DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi
Kecha, 11:41

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi

Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
Kecha, 11:23

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

BNQIZ noyabr-dekabrdan Ai-80 o‘rniga Ai-91 va Ai-92 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tishni boshlaydi
Kecha, 11:10

BNQIZ noyabr-dekabrdan Ai-80 o‘rniga Ai-91 va Ai-92 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tishni boshlaydi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida Ai-91 va undan yuqori turdagi benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025-yil boshidan esa Ai-80 ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilgan, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari o‘rinbosari Odil Temirov.

O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Kecha, 10:56

O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Kecha, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi
Kecha, 09:08

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi
Kecha, 08:05

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi

O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE Oʻzbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Kecha, 00:39

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi
Kecha, 00:21

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi
Kecha, 00:01

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi

O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi. “Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, — dedi prezident.

Mahmud Istamov Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi
16 may 2024, 23:41

Mahmud Istamov Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi

Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. U avval Buxoro viloyati prokurori, MSK raisi o‘rinbosari, adliya vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
16 may 2024, 23:00

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.

2023-yilning yozi so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi — tadqiqot
16 may 2024, 22:49

2023-yilning yozi so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi — tadqiqot

Shimoliy yarimsharda o‘tgan yilning yozi nafaqat zamonaviy ob-havo kuzatuvlari boshlanganidan beri, balki so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi, bu daraxtlarning yillik halqalarini o‘rganish orqali aniqlandi.

Toshkentdagi barcha LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi
16 may 2024, 22:43

Toshkentdagi barcha LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi

Toshkent aholisining shikoyatlari sabab hokimiyat yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalarning yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi. Dastlabki o‘rganishlarda ularning 90 foizidan ko‘pi me’yordan ortiq yorug‘lik tarqatishi aniqlangan. Endi ushbu tartibni buzgan ekran egalari elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.

“Asakabank” Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “O‘zbekistondagi eng faol emitent-bank” sifatida taqdirlandi
16 may 2024, 21:00

“Asakabank” Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “O‘zbekistondagi eng faol emitent-bank” sifatida taqdirlandi

2024-yilning 14-may kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan YeTTB boshqaruvchilar kengashining 33-yillik yig‘ilishida “Asakabank” O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha “Eng faol emitent bank” sifatida e’tirof etildi.

Slovakiya bosh vazirining suiqasddan keyingi ahvoli barqaror, ammo jiddiy — Reuters
16 may 2024, 20:59

Slovakiya bosh vazirining suiqasddan keyingi ahvoli barqaror, ammo jiddiy — Reuters

Suiqasd uyushtirilgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso operatsiyadan keyin barqaror, ammo jiddiy ahvolda qolmoqda. Gumonlanuvchi 71 yoshli yozuvchi bo‘lib, u qotillikka urinishda ayblanmoqda.

“O‘zbekneftgaz” va “Gazprom neft” Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ishga tushirdi. Loyiha nima beradi?
16 may 2024, 20:33

“O‘zbekneftgaz” va “Gazprom neft” Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ishga tushirdi. Loyiha nima beradi?

“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi ko‘magida quduqlarni burg‘ulash muddatini 45 foizga, ularni qurish tannarxini esa 35 foizga qisqartirish imkonini beruvchi Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ochdi. Kompaniya yetkazib beruvchi bilan 4,45 mln va 243,3 ming dollarlik ikkita shartnoma tuzdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishni rejalashtirmoqda
16 may 2024, 19:37

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afg‘oniston TIV.

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI
16 may 2024, 19:16

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.

“Shunaqasi ham bo‘lgan”. Energetika vaziri — neft va gaz sanoatida investorlar bilan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish haqida
16 may 2024, 19:06

“Shunaqasi ham bo‘lgan”. Energetika vaziri — neft va gaz sanoatida investorlar bilan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov neft-gaz sohasida investorlar bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishga oid savollarga javob berdi. Uning aytishicha, ayrim hollarda investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklangan, biroq ular investitsiya muhitining yomonlashuvi xavfi tufayli oshkor etilmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting