Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi
16 may 2024, 00:38

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishda gaz importi hisobga olingan — energetika vaziri
15 may 2024, 23:04

Gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishda gaz importi hisobga olingan — energetika vaziri

O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasiga yangi tariflarni belgilashda xarajatlarning bir qismini qoplash, shuningdek, tabiiy gazni import qilish xarajatlari hisobga olingan, dedi energetika vaziri. Hozircha ijtimoiy me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmayapti.

YeTTB 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini 6,5 foiz etib baholadi
15 may 2024, 22:12

YeTTB 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini 6,5 foiz etib baholadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston YAIMi 2024-yilda 6,5 foizga, 2025-yilda esa 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, investitsiyalar va sof eksport o‘sish omillari, energiya va suv resurslari taqchilligi esa cheklovchi omillar bo‘ladi.

Yaqin oylar Ukrainadagi urushda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin — NYT
15 may 2024, 21:18

Yaqin oylar Ukrainadagi urushda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin — NYT

Oq uy Rossiya Ukrainadagi urush trayektoriyasini o‘zgartirish uchun kuch olayotganidan xavotirda. Ular yaqin oylar tomonlar uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini kutmoqda, deb yozdi New York Times.

Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi
15 may 2024, 20:22

Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi

Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirildi
15 may 2024, 19:45

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirildi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi — unga hukumat majlisidan chiqqan payti o‘q uzildi. Siyosatchining ahvoli og‘ir, hujumchi qo‘lga olindi.

“Termiz xalqaro savdo markazi” hududida to‘lovlarni dollar, yevro, yuan va rublda amalga oshirishga ruxsat berildi
15 may 2024, 19:28

“Termiz xalqaro savdo markazi” hududida to‘lovlarni dollar, yevro, yuan va rublda amalga oshirishga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat berildi.

Prezident Coca Cola kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi
15 may 2024, 18:32

Prezident Coca Cola kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi

Prezident Coca Cola kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Investitsiyalar hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Chorshanba kuni kompaniya mamlakatdagi to‘rtinchi zavodini ochdi. Beshinchisi kelasi yili ochilishi kutilmoqda.

Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)
15 may 2024, 18:04

Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi noturar joyda xandaq qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi. Keltirilgan zarar yoki jabrlanish holatlari haqida ma’lumot berilmadi.

“Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etishni tezlashtirish”. XVJ missiyasi O‘zbekistonga qator tavsiyalar berdi
15 may 2024, 16:57

“Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etishni tezlashtirish”. XVJ missiyasi O‘zbekistonga qator tavsiyalar berdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston bilan 2024-yilgi maslahatlashuv yakunlari bo‘yicha bayonotni e’lon qildi. Missiya, jumladan, mamlakatga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va daromadlarni deklaratsiyalashning samarali tizimini joriy qilishni tezlashtirishni tavsiya qildi.

Aprelda sezilgan inflyatsiya darajasi biroz tezlashdi. Dorilar narxi oshganini qayd etganlar keskin ko‘paydi
15 may 2024, 16:22

Aprelda sezilgan inflyatsiya darajasi biroz tezlashdi. Dorilar narxi oshganini qayd etganlar keskin ko‘paydi

Aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz tezlashib, 13,7 foizni (+1 foiz) tashkil etdi. Respondentlar orasida dorilar va tibbiy xizmatlar narxi keskin oshganini qayd etganlar soni sezilarli darajada ko‘paydi.

Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi
15 may 2024, 15:55

Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi

Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.

Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi
15 may 2024, 15:37

Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi

O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda.

Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi
15 may 2024, 15:31

Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi

Venesuela zamonaviy tarixda barcha muzliklarini yo‘qotgan birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi tufayli uning oxirgi muzligi — La Korona kutilganidan tezroq erib, muz maydoniga aylanib qoldi.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi
15 may 2024, 14:42

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour`ning birinchi bosqichi — Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 turnirida oltinchi o‘rinni egalladi va 11 ming dollar mukofot puli oldi. G‘olib Magnus Karlsen bo‘ldi.

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi
15 may 2024, 14:16

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi

Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Termiz erkin savdo zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
15 may 2024, 13:20

Termiz erkin savdo zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi. Savdoda so‘m bilan birga dollar, rubl, yevro va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda
15 may 2024, 12:43

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 16−22-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi
15 may 2024, 12:33

Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi

Birinchi chorakda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi sekinlashdi, lekin birlamchi bozorda yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, deya xabar berdi Markaziy bank. Mamlakat bo‘ylab ijara narxi (dollarda) biroz oshdi (+1,4 foiz), Toshkentda esa 9,2 foizga pasaydi. Poytaxtda yer narxi sotixiga 364 mln so‘mga yetdi.

Tojikiston shu oyda Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi — O‘zbekiston energetika vaziri
15 may 2024, 11:58

Tojikiston shu oyda Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi — O‘zbekiston energetika vaziri

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga may oyi oxirigacha qo‘shilishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting