Jahon

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab COVID-19 vaksinalarini qaytarib olmoqda
8 may 2024, 21:34

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab COVID-19 vaksinalarini qaytarib olmoqda

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab o‘zining koronavirus vaksinasi uchun marketing ruxsatnomalarini qaytarib olishni boshladi. Kompaniya bu qadamni boshqa samaraliroq dorilarning ko‘pligi bilan izohladi. Ishlab chiqaruvchi avvalroq vaksinasi juda kamdan-kam hollarda trombozga olib kelishi mumkinligini tan olgandi.

AQSh Rafah operatsiyasi sabab Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
8 may 2024, 17:44

AQSh Rafah operatsiyasi sabab Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

Qo‘shma Shtatlar Isroilga 3500 ta bomba yetkazib berishni to‘xtatdi. AQSh hukumati Isroil bombalarni G‘azo sektori janubidagi 1 milliondan ortiq falastinlik qochqinlarga boshpana bo‘layotgan Rafah shahriga hujumda qo‘llashi mumkinligidan xavotirlangan.

Istanbulda odam savdosi va firibgarlikda gumonlangan o‘zbekistonlik ushlandi
8 may 2024, 12:49

Istanbulda odam savdosi va firibgarlikda gumonlangan o‘zbekistonlik ushlandi

Istanbul shahrida odam savdosi va firibgarlikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U odamlarni AQShga yuborishni va’da qilib, ularning pullarini olib, ularni o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

“Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, ishtirokchisi ham emas”. Xitoy raisi — Ukrainadagi urush haqida
8 may 2024, 11:58

“Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, ishtirokchisi ham emas”. Xitoy raisi — Ukrainadagi urush haqida

Xitoy raisi Si Szinpin Fransiyaga tashrifi davomida mamlakatning Rossiya bilan yaqin aloqada ekani bo‘yicha e’tirozlarni rad etdi. “Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, tomoni ham, ishtirokchisi ham emas. Lekin biz kuzatuvchi ham emasmiz, tinchlikka erishish uchun doimo faol harakat qilganmiz”, — dedi u.

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga olindi
8 may 2024, 10:15

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga olindi

Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bojxona xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

AQSh Boeing`ga nisbatan yangi tergov boshladi
7 may 2024, 23:05

AQSh Boeing`ga nisbatan yangi tergov boshladi

AQSh aviatsiya regulyatori 787 Dreamliner samolyotini sinovdan o‘tkazishda hujjatlarni qalbakilashtirish ehtimoli tufayli Boeing kompaniyasiga nisbatan yangi tergov boshladi. Kompaniya qoidabuzarliklarni tasdiqladi, biroq parvozlar xavfsizligiga tahdid yo‘qligini ma’lum qildi.

Gaz plitalari ishlatadigan odamlar zararli moddalarni ko‘proq yutadi — tadqiqot
7 may 2024, 21:02

Gaz plitalari ishlatadigan odamlar zararli moddalarni ko‘proq yutadi — tadqiqot

Stenford universiteti olimlari gaz plitalaridan foydalanish xavfli miqdordagi azot dioksidi chiqarishini aniqladi, bu bolalarda astma, kattalarda esa erta o‘limga olib kelishi mumkin. Kichikroq yashash joylarida ifloslanish darajasi yuqori bo‘ladi.

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi
7 may 2024, 15:17

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Vladimir Putinning prezidentlik lavozimiga kirishishi munosabati bilan Rossiya hukumati iste’foga chiqdi. Yaqin kunlarda Putin Davlat dumasiga yangi bosh vazir nomzodini taqdim etadi. Ungacha avvalgi hukumat o‘z vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashda davom etadi.

Xitoy raisi so‘nggi besh yil ichida ilk bor Yevropaga tashrif buyurdi
7 may 2024, 09:27

Xitoy raisi so‘nggi besh yil ichida ilk bor Yevropaga tashrif buyurdi

Xitoy raisi Si Szinpin 2019-yildan beri ilk bor Yevropa bo‘ylab turnega chiqdi — u Fransiya, Serbiya va Vengriyaga tashrif buyuradi. Turne Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklari va Rossiyaning Ukraina bilan urushi tufayli keskinlashgan munosabatlar davriga to‘g‘ri keldi.

Isroil Rafah aholisini evakuatsiya qilishni boshladi
6 may 2024, 19:43

Isroil Rafah aholisini evakuatsiya qilishni boshladi

Isroil sharqiy Rafahda jon saqlayotgan o‘n minglab g‘azoliklarni shahardagi ehtimoliy harbiy amaliyotlar fonida gumanitar hududga ko‘chib o‘tishga chaqirdi.

AQSh G‘azoda urush boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga o‘q-dori yetkazib berishni to‘xtatdi — OAV
6 may 2024, 10:53

AQSh G‘azoda urush boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga o‘q-dori yetkazib berishni to‘xtatdi — OAV

Jo Bayden ma’muriyati AQShda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Isroilga yetkazib berishni to‘xtatdi, deb yozmoqda Axios. Bu bir martalik kechikishmi yoki yetkazib berishning vaqtinchalik to‘xtab qolishi — aniq emas. Ta’minotning to‘xtatilishi Isroilda xavotir uyg‘otdi, deya ta’kidladi nashr.

Rossiya IIV Zelenskiyni qidiruvga berdi
4 may 2024, 18:08

Rossiya IIV Zelenskiyni qidiruvga berdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. Uning qachondan beri qidiruvdaligi va qanday jinoyatda ayblanayotgani noma’lum. Shuningdek, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ham qidiruvga berilgan.

Pushkinning noyob asarlari Yevropa kutubxonalaridan o‘g‘irlab ketilmoqda — NYT
3 may 2024, 18:06

Pushkinning noyob asarlari Yevropa kutubxonalaridan o‘g‘irlab ketilmoqda — NYT

So‘nggi 2 yilda Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilari, asosan, Pushkinning 170 dan ortiq nodir asarlari o‘g‘irlandi, deb yozmoqda New York Times. Yo‘qolgan kitoblarning umumiy qiymati 2,6 mln dollardan oshadi. Aksariyat hollarda o‘g‘irlangan asarlar yuqori sifatli qalbaki nusxalar bilan almashtirib ketilmoqda.

AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg
2 may 2024, 21:28

AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Bitim Ar-Riyodga Amerikaning ilg‘or qurollaridan foydalanish imkonini beradi va Isroilga G‘azo urushini tugatish uchun rag‘batlar taqdim etadi.

Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi
2 may 2024, 19:32

Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi

Qirg‘izistondagi tog‘li qishloqda o‘tkazilgan tanlov payti muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi bir guruh maktab o‘quvchilarini urib yubordi. 29 nafar bola jarohatlandi, yetti nafari — reanimatsiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, furgon haydovchisiz harakatlangan va tormoz tizimi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi
2 may 2024, 00:06

AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi
1 may 2024, 15:09

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.

AstraZeneca o‘z vaksinasining kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi
30 aprel 2024, 22:17

AstraZeneca o‘z vaksinasining kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi sud hujjatlarida birinchi marta COVID-19`ga qarshi vaksinasining tromboz shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kam uchrovchi aks ta’sirini tan oldi.

Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi
30 aprel 2024, 14:31

Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi

Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.

Xitoydagi yirik shaharlarda yer cho‘kmoqda, bu suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot
30 aprel 2024, 09:55

Xitoydagi yirik shaharlarda yer cho‘kmoqda, bu suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, Xitoydagi yirik shaharlarning salkam yarmi yer cho‘kishi tufayli suv toshqini xavfi ostida qolishi mumkin. Bu nafaqat yerosti suvlari sathining pasayishi, balki hududlardagi binolarning og‘irligi bilan ham bog‘liq.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting